Ayni soatda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli M.X. (ayol), Olmazor tumanida yashagan 64 yoshli T.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida SSV xabar berdi.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 285 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida ham 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 38819 (+460) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2394 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






