AsosiyJamiyat

O`qituvchilarning oyligini 1000 dollarga etkazamiz — Prezident

'O`qituvchilarning oyligini 1000 dollarga etkazamiz — Prezident'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Ko`ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbiri bo`lib o`tmoqda. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ilm-fan fidoyilari, faol yoshlar ishtirok etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda. Shavkat Mirziyoev bayram tabrigida maktab o`quvchilari haqida gapirib, o`qituvchilar oyligini oshirish, shuning barobarida ularga o`quvchi kelajagiga kafolat berish majburiyatini yuklash taklifini o`rtaga tashladi.  

" O`qituvchi o`quvchini 11 yil o`qitib, uning institutga kirishiga yoki biror bir kasbning mutaxassisi bo`lishiga kafolat berishi kerak. Vaqti-soati keladi, o`qituvchilarning oyligini, albatta, 1000 dollar ekvivalentiga etkazamiz", dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar