AsosiyJamiyat

Maktab o`quvchilari uchun videodarslar uchta telekanal orqali doimiy efirga uzatiladi

'Maktab o`quvchilari uchun videodarslar uchta telekanal orqali doimiy efirga uzatiladi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishida pandemiya sharoitida ta`lim jarayonini tashkil etish bo`yicha dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlariga maktablarni sanitar talablarga muvofiq, birlamchi vositalar bilan to`liq ta`minlash vazifasi qo`yildi. Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar o`z hududidagi maktablarning yangi o`quv yiliga tayyorlik holatini o`rganib, jamoaga qo`shimcha o`quv-treninglar o`tadi. Bundan maqsad – maktablarga amaliy yordam ko`rsatib, ota-onalarning ko`nglini xotirjam qilishdir.

Mahalliy xalq deputatlari kengashlari o`z tumanidagi epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo`lga qo`yish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Videodarslarni sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish, 3 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar