AsosiyJamiyat

Toshkentdagi mudhish YTHda “Ko`prik ta`mirlash” boshqarmasi ishchisi halok bo`ldi

'Toshkentdagi mudhish YTHda “Ko`prik ta`mirlash” boshqarmasi ishchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 30 avgust kuni soat 00:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko`chasida joylashgan “Yalpiz” kafesi  qarshisida 1989 yilda tug`ilgan haydovchi  D.T. “Neksiya-3” avtomobil yoritish chiroqlarini o`chirib, tezligini me`yoridan oshirib,  mast holda boshqarib ketayotib, YTH sodir etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, mast haydovchi ko`prikka tushish joyida ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli o`rnatilgan to`siqli temir panjarani urib o`tib, “Ko`prik ta`mirlash” boshqarmasi ishchisini urib yuborgan.

Natijada, piyoda 1994 yilda tug`ilgan A.N. olgan og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV YHXBB barcha haydovchilardan transport vositasini mast holda boshqarmasliklarini, tezlik me`yoriga amal qilishlarini, piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini so`ramoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar