AsosiyJamiyat

Turkiya elchixonasi o`zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi

'Turkiya elchixonasi o`zbekistonliklarni  Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasining tabrigida  qadimiy Movarounnahr zaminida barpo bo`lgan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi  bayrami bilan muborakbod etib, o`zbek xalqini va yo`lboshchilarini shu qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlariga to`xtalib o`tilgan. 

" Prezident janob Mirziyoevning etakchiligida iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy rivojlanish yo`lida qat`iyat bilan ilgarilab bormoqda.

Afsuski, COVID-19 pandemiyasi global turg`unlik davriga sabab bo`ldi. Dunyoning barcha davlatlari singari, O`zbekiston ham bundan ta`sirlanmoqda. Pandemiya yaratgan barcha noqulay sharoitlarga qaramay, O`zbekiston kun tartibiga qo`ygan islohotlarni amalga oshirish rejasidan chekinmaganini va yangiliklar yaratishda qat`iylik bilan davom etayotganini mamnuniyat bilan kuzatib bormoqdamiz. O`zbekiston o`zining iqtisodiy loyihalari va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini jadal ravishda amalga oshirar ekan, ko`plab xalqaro sheriklar bilan va ko`p tomonlama platformalardagi hamkorlik aloqalarini muvaffaqiyat bilan yanada kengaytirib bormoqda.

Prezident Mirziyoevning uzoqni ko`zlab olib borayotgan rahbarligi ostida O`zbekiston kun sayin kuchayib bormoqda va o`zining 29 yoshida demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasida o`ziga ishongan holda aniq qadamlar tashlamoqda. Prezident janob Mirziyoevning rahbarligida plyuralistik demokratiya borasida qo`yilgan muhim qadamlar ishonch bilan kelajakka intilayotgan va gullab-yashnayotgan O`zbekistonning qadimiy davlat an`analariga asoslangan o`ziga ishonchining juda kuchli namunasidir.

Ildizlari asrlarga borib taqaladigan qardoshligimiz, umumiy tariximiz va tamaddunimiz tufayli xalqlarimiz hamisha bir-biriga intilib yashagan. Ikki qardosh xalqni minglab kilometrlik masofa ayirib turgan bo`lsa-da, qalblari mudom bitta maqsad uchun urib turgan.

... 1991 yilda o`z mustaqilligini e`lon qilgan O`zbekistonni birinchi bo`lib tan olish sharafi Turkiyaga nasib qildi; Toshkentdagi ilk elchixona juda qisqa vaqt ichida Turkiya Respublikasi tomonidan ochildi. Shu fursatdan foydalanib, muhim bir xushxabarni sizlar bilan baham ko`rishni istayman: mustaqillikka erishgandan keyinoq ilk elchixonani ochgan Turkiya,

yaqin kunlarda mushtarak tamaddunimiz beshigi bo`lgan ko`hna Samarqandda birinchi Bosh konsulxonasini ham ochish baxtiga musharraf bo`ladi.

Mustahkam qardoshlik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-O`zbekiston aloqalari ikki davlat Prezidentlerining uzoqni ko`zlab olub borilayotgan rahbarliklarida jadal rivojlanib, kun sayin kengayib bormoqda, ikki qardosh xalq har borada bir-birlarini qo`llabquvvatlashda davom etmoqdalar. Abadiyatga qadar poyidor Respublikalarimiz har yili bir yoshga ulg`ayib, yanada ulkan chinorga aylanadi va tarixiy qardoshlik rishtalarimiz yanada mustahkamlanib boraveradi. Qardosh O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi muborak bo`lsin, birlik va omonlikda qardoshligimiz abadiy bo`lsin! ", deyiladi tabriknomada.

    Boshqa yangiliklar