1

Koronavirus bilan qayta kasallanish kimlarda kuzatilishi mumkinligi ma`lum qilindi

Jamiyat 01.09.2020, 10:51
Koronavirus bilan qayta kasallanish kimlarda kuzatilishi mumkinligi ma`lum qilindi

 AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

Xususan, JSST koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan bo`lsa ham qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayapti. Kimlarda  ushbu holatlar kuzatilishi mumkinligiga aniqlik kiritildi.

— Koronavirus kasalligi hali oxirigacha o`rganilmagan va hozirgi kunga qadar izlanishlar davom etayotgan kasallikdir. Olimlar ushbu kasallik bilan qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayaptilar  va ularning fikriga ko`ra kasallik immuniteti past, surunkali kasalligi bor va kasallikka qarshi antitanachalari kam bo`lgan bemorlarda uchrashi mumkinini ta`kidladilar. Izlanishlar ushbu bemorlarda aniqlangan viruslar juda ko`p marotaba mutasiyaga uchraganini ham ko`rsatmoqda.  

Ko`pchilik men kasallikdan qutildim, antitanachalar bor deb niqobsiz, masofani saqlamasdan yurishni boshladilar. Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib, atrofdagilarni xavf xatarga qo`ymaslik uchun ham barcha sanitariya-gigiena qoidalariga to`liq rioya etishni tavsiya etamiz, deya javob berdi mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1