AsosiyJamiyat

Toshkentda 60 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

'Toshkentda 60 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Bugun yurtimizda 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. SSV xabariga ko`ra u Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashagan. Virus oqibatida hayotdan ko`z yumgan inson 60 yoshli G`.T. erkak ekanligi ma`lum. Boshqa tafsilotlar haqida SSV xabarida keltirilmagan.

Shu bilan birga bugun Toshkent shahrida 234 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Xorazm viloyatida 6 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.  

Jami yurtimizda 39664 (+389) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygani aytilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2248 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar