AsosiyJamiyat

2016 yil 2 sentyab... Bugun O`zbekiston Mustaqilligi asoschisi poyiga gullar qo`yiladi

'2016 yil 2 sentyab... Bugun O`zbekiston Mustaqilligi asoschisi poyiga gullar qo`yiladi'ning rasmi

2016 yil 2 sentyabr... O`zbekiston xalqi og`ir judolikka uchradi. Respublikaning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov 78 yoshida vafot etdi. Prezidentda 28 avgust kuni qayd etilgan insult uni hayotdan olib ketdi.

Islom Karimovning vafoti haqida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining qo`shma axboroti e`lon qilingan edi.

Islom Abdug`anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o`zgarishlarga va poliorgan etishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi, deyiladi rasmiy axborotda.

Prezidentning vasiyatiga ko`ra, Islom Karimov 2016 yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo`nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etildi. 

O`sha yildan boshlab 2 sentyabr O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovni xotirlash kuni deb belgilandi.

Shu munosabat bilan bugun shahrimizda joylashgan Islom Karimov qabri ziyorat qilinib, haykali poyiga gul qo`yish marosimi bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar