AsosiyJamiyat

Bugun, 2 sentyabrdan O`zbekiston OTMlarida o`quv yili rasman boshlandi. Xabar bugun e`lon qilindi

'Bugun, 2 sentyabrdan O`zbekiston OTMlarida o`quv yili rasman boshlandi. Xabar bugun e`lon qilindi'ning rasmi

Hurmatli talabalar, bugun, 2 sentyabrdan boshlab 2020/2021 o`quv yili rasman boshlandi, deya xabar berdi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi. 

"Respublika oliy ta`lim muassasalaridagi o`quv jarayoni tasdiqlangan o`quv rejalari asosida masofaviy shaklda onlayn tarzda yo`lga qo`yiladi", deyiladi rasmiy xabarda.

Mazkur rasmiy xabar bugun e`lon qilindi. Bloger Xushnud Xudoyberdiev bu borada birorta OTM saytida xabar berilmagani haqida yozdi:

 "Nega shunaqa xabarlar oldindan e`lon qilinmaydi? Nega OTMlar bu haqda rasmiy sahifalarida talabalarni ogohlantirmaydi? 10 ga yaqin yirik OTMlar saytiga kirib ko`rdim, 2 sentyabrdan o`qishlar boshlanishi haqida birorta xabar yo`q.

Chunki OTMlar mustaqil emas, ular buni o`zlari hal qilolmaydi. Tepadan buyruq kutadi. Tepadagilar esa buyruqlarni taqaaaaab chiqaradi, ko`p hollarda esa bir necha kun kechikib ham beraveradi. “Ha, nima bo`pti, kerak bo`lsa kutasizlarda” degan prinsip ishlaydi", - deya munosabat bildirgan bloger.

    Boshqa yangiliklar