1

Karantin tartiblariga qaramay Namanganda stadionga futbol muxlislari kiritilgan

Jamiyat 02.09.2020, 15:34
Karantin tartiblariga qaramay Namanganda stadionga futbol muxlislari kiritilgan

2020 yil 1 sentyabr kuni Superliga 14-turidan o`rin olgan «Navbahor lochinlari» - «Paxtakor» futbol klublari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

O`z PFL xabariga ko`ra, futbol uchrashuvlariga karantin cheklovlari tufayli muxlislar kirishiga ruxsat berilmagan bo`lsa-da, «Navbahor lochinlari» futbol klubi mazkur uchrashuvda stadionga muxlislar kiritishgan. Shu bilan birga muxlislar tomonidan mehmon jamoa a`zolari va hakamlarni haqorat qilish holatlari yozib olingan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Shuningdek,  «Navbahor lochinlari» futbol klubi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo`llash sharoitida professional futbol mashg`ulotlari hamda musobaqalarni tashkil qilish to`g`risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoida va me`yorlarining 4.23-bandi, shuningdek, Intizom kodeksining 5.38, 5.40-bandlari buzilganligi aniqlangan. 

Ushbu holatni ko`rib chiqish uchun O`zbekiston futbol assosiasiyasining Etika qo`mitasiga taqdimnoma yuborildi», - deyiladi PFL rasmiy sayti xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1