AsosiyJamiyat

7 avgustgacha olingan IELTS Indicator B2 uchun maksimal ball beriladi

'7 avgustgacha olingan IELTS Indicator B2 uchun maksimal ball beriladi'ning rasmi

Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, 2020 yil 7 avgustga qadar (7 avgust kuni ham) IELTS Indicator B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatni qo`lga kiritgan abiturientlarga (ular haqidagi ma`lumotlar Britaniya Kengashi tomonidan tasdiqlanganda) ham istisno tariqasida chet tili fanidan maksimal ball beriladi.

Davlat test markazi 7 avgustga qadar qo`lga kiritgan abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlarning tasdig`ini operativ tarzda olish uchun Britaniya Kengashining O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ishlab, abiturientlar bo`yicha tasdiqlangan ma`lumotlar DTMning maxsus dasturiga kiritilishini ta`minlaydi.

Shu bilan birga, mazkur toifadagi sertifikat sohibi bo`lgan abiturientlarning to`plagan ballarini hisoblashda, ularga tegishli chet tili bo`yicha maksimal ball berilishi ta`minlanadi.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga aytilishicha, pandemiya sharoitini hamda ko`plab abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini (shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda) inobatga olgan holda istisno tarzda IELTS Indicator B2 darajasiga ham ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar