AsosiyJamiyat

Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketilgan bloger ozod etildi

'Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketilgan bloger ozod etildi'ning rasmi

Iyun oyida bo`lib o`tgan Bosh vazir bilan uchrashuvda hokimning o`zgarishini talab qilgan bloger dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamalgani haqida avval xabar bergan edik.

Uning advokati Hamidaxon Abdunazarova Kun.uz’ga ma`lum qilishicha, So`x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib shu yilning 22 avgustidan buyon ushlab turilgan bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) bugun – 2 sentyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. 

Advokatning aytishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun etarli asoslar bo`lmagan. Shu sababdan u tergov organining qarori bilan qo`yib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar