AsosiyJamiyat

219 bemor koronavirusni engdi, ikki bemor vafot etdi

'219 bemor koronavirusni engdi, ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

SSV: Ayni soatda Kattaqo`rg`on tumanida yashagan, Xorazm viloyatida davolangan 44 yoshli O.X. (erkak) hamda Yangiyo`l tumanida yashagan 63 yoshli N.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida ma`lum qilindi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 103 nafar, Toshkent shahrida 98 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Farg`ona viloyatida 5 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 39 883 (+219) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 328 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar