AsosiyJamiyat

Samarqand shahri ko`chalari ahvoli qachon butkul yaxshilanadi? Hokim va`dasini oldik

'Samarqand shahri ko`chalari ahvoli qachon butkul yaxshilanadi? Hokim va`dasini oldik'ning rasmi

Samarqand shahri yo`l infratuzilmasining nochor ahvolda ekanligi ko`p yillardan beri muhomalar markazida bo`lib keladi. Samarqandga borgan odam uning ko`chalaridan noliydi. O`zimiz ham shaharga safar qilib buning guvohi bo`lganmiz. Lekin qachongacha? Dunyoning inson hayoti davomida borishi kerak bo`lgan shaharlari ro`yxatiga kiritilgan, millionlab sayyohlarni qabul qiladigan shunday turistik shahar yo`llarini tuzatish shunchalik qiyinmi? Bu muammolar shahar aholisining xunobini oshirsa, mehmonlarning esa salbiy taasurotlariga sabab bo`ladiku. Samarqand viloyatiga tashrifimiz chog`ida Samarqqand shahar hokimligi huzurida ham bo`lib, ushbu masalaga shahar hokimidan munosabat so`radik.

Hokim va`da berdi!

Shahrimizning zaif tomoni yo`l va kanalizasiya. Tan olish kerak, 50-60 yillarda yo`l ostiga yotqizilgan quvurlar chirib, bugungi kunda qog`ozdek yupqa bo`lib qolgan. Ularni almashtirish kerak. Hozirda kanalizasiya tarmog`i 80 foiz almashtirildi. Ichki yo`llarda ba`zi ko`chalarni aholi shikoyat qilgani uchun asfalt qildik. Lekin yana bir katta muammo – suv tarmog`ini almashtirish uchun ko`chalarni yana kovlaymiz. Yanagi yil shu paytgacha kovlashga majburmiz. Viloyat hokimi ham yo`l infratuzilmasi bo`yicha o`tkazgan yig`ilishida barcha tarmoqlarni qayta kovlamasdan bittada ta`mirlash bo`yicha gapirgan edi. Lekin buning iloji yo`q. Chunki har bir tarmoq chet el investisiyasi asosida turli muddatlarga ko`ra moliyalashtirilgan. Shunga tarmoqlar boshini qovushtirolmadik. Shunday yakuniy xulosa qilishimiz mumkinki, 2020 yilga qadar Samarqand shahri yo`l infratuzilmasi to`liq ta`mirdan chiqadi”, - deyaya va`da qildi Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov.

Demak, hokim va`dasini inobatga olib, 2020 yilgacha jarayonlarni kuzatib boramiz.

    Boshqa yangiliklar