AsosiyJamiyat

Qarshida bir kunda 3,4 mlrd so`m soliq qarzdorligi undirildi

'Qarshida bir kunda 3,4 mlrd so`m soliq qarzdorligi undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo`limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta`minlash jarayonida soliq qarzlarini undirishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. Birgina joriy yil 28 avgust kuni soliq to`lovini kechiktirgan qarzdorlardan 3,4 mlrd. so`m mablag`lar undirilishi ta`minlangan.  

Bu jismoniy va yuridik shaxslar zimmasidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijasidir. 

MIB Qarshi shahar bo`limi boshlig`i o`rinbosari Qodir Karimovning ma`lum qilishicha, soliqlarni o`z vaqtida to`lamagan shaxslarning mulklari xatlab olinayapti.  

Jumladan, qarzdor  “Minora qurilish ekspedisiyasi” AJdan 2 mlrd. so`m, “Qashqadaryo texnologik transport” OAJdan 700 mln. so`m, “Qashqadaryo parmalash ishlari” OTXdan 700 mln. so`m,  jami 3 mlrd. 400 mln. so`m kechiktirilgan soliq qarzdorligi undirilib, tegishli hisob raqamlarga to`liq o`tkazilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar