AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yana bir shifokor vafot etdi

'Qashqadaryoda yana bir shifokor vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To`raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» yozdi.

Xususiy klinika mas`ullarining ta`kidlashicha, bemor so`nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Marhum To`raqul Xoliqov 1955 yil Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug`ilgan bo`lib, xususiy klinikaga ishga o`tishdan avval G`uzor tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori sifatida ishlagan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To`lqin Ashurov ham koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Undan avval esa viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, boshqarma huzuridagi COVID-19’ga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari Sherali Nurmatov 61 yoshida vafot etgandi.

    Boshqa yangiliklar