1

«Temir xotin»dani farg`onalik "Olimtoy" vafot etdi

Jamiyat 03.09.2020, 10:25
«Temir xotin»dani farg`onalik "Olimtoy" vafot etdi

Marg`ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Kimsanboy Sobirov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.


Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg`ona viloyat musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan «Temir xotin» spektakli xalqimizning sevimli sahna asariga aylangandi. Bugun ham uni barcha sevib tomosha qiladi.

Farg`onada teatr san`ati muxlislari haligacha «Temir xotin»da bosh rolni o`ynagan O`zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga «Qo`chqor aka», Olim rolidagi Kimsanboy Sobirovga «Olimtoy» deya murojaat qilishlari bejiz emas.

Ijodiy faoliyati davomida o`nlab rollarni maromiga etkazib ijro etgan Kimsanboy Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arfasida Prezidentimiz Farmoniga ko`ra «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardog`ida «Olimtoy» bo`lib yashagan taniqli aktyor 65 yoshida vafot etdi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi marhumning oila-a`zolariga chuqur ta`ziya izhor qiladi.

Biz ham tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1