1

O`zbekistonda dorilar narxi keskin tushishi kutilmoqda

Jamiyat 03.09.2020, 10:35
O`zbekistonda dorilar narxi keskin tushishi kutilmoqda

 Shifokor, farmasevt, bloger Abdulazizxon Akramov bu fikrga 10 sentyabrda kuchga kiradigan Referent narxlar to`g`risidagi qonun asos bo`ladi, deya yozmoqda. 

Sodda tilda tushuntiradigan bo`lsak Endi farmkompaniya doriga narx qo`yish uchun 10 ta davlatdagi shu va shu doriga o`xshash dorilar bilan narxi solishtiriladi. Masalan Prozak degan dori O`zbekistonda 150 ming so`m sotilgan bo`lsa endilikda shu 150 ming so`mni qaerdan kelganini tushintiriladi. Bunda quyidagi davlatlarda shu dori va analogi qancha ekani surishtiriladi.  

1.Vengriya.

2. Rossiyskaya Federasiya.

3. Ukraina.

4.Polsha.

5.Tojikiston.

6. Sloveniya.

7. Qozog`iston.

8.Bolgariya.

9. Belarusiya.

10. Qirg`iziston.

Masalan Rossiyada bu dori 50 ming so`m sotilayotgan bo`lsa endi O`zbekistonda bu dorini 150 ming so`m sotilmaydi. Maksimum 60 ming sotilishi mumkin.  U xam yo`l xarajatlarini xisobga olib, deya tushuntirgan mutaxassis.

Bu qaror ko`pgina farmkompaniyalarga jiddiy zarba beradi. Xattoki ba`zilari yopilishi kutilmoqda. Biz qo`rqqan narsa esa kerakli dorilarni defisiti yuzaga kelish xolati, deyiladi mulohaza yakunida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1