1

45 daqiqa dars davomida yopiq sinfda dars o`tishda, ayniqsa o`quvchilar orasida kasallanganlar bo`lsa virus yuklamasi ortmaydimi?

Jamiyat 03.09.2020, 12:17
45 daqiqa dars davomida yopiq sinfda dars o`tishda, ayniqsa o`quvchilar orasida kasallanganlar bo`lsa virus yuklamasi ortmaydimi?

Ushbu savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi.

— Eng avvalo, har bir ota-ona shuni tushunishi kerak-ki, bola va o`zlari uchun eng xavfsiz muhit - bu xonadon hisoblanadi. Uydan tashqariga chiqdingizmi, kasallik yuqtirib olish xavfi yuqori bo`ladi.

Maktablarga to`xtaladigan bo`lsak, o`qishga borgan bolalar soni ko`proq bo`ladi, bizga ma`lumki, uydan tashqarida 2-3 kishidan ortiq odamlar bo`lsa kasallik yuqtirib olish xavfi yuqori.  

Ma`lumot uchun:

SSV tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz ta`lim olishi uchun belgilangan talablar:

  • sinflarda dars o`tish jarayonida bolalar niqoblarda bo`lishi;
  • niqoblar har 2-3 soatda almashtirilishi;
  •  bolalar orasida 2 metrdan ortiq masofani saqlash;
  • qo`llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish imkoniyatini yaratilishi shart.
  • Agar bolalarning oilalarida kasallangan bemor bo`lsa, bunday holatda ular kasallik tashuvchisi bo`lishi mumkin.  
  • Bir sinfda o`tirgan bolalar 45 daqiqa dars davomida, kun buyi 3-4 ta fan o`tilsa, albatta, virus yuklamasi ko`payishi mumkin.
  • Bunday holatlarda xonalar kuniga 3-4 martadan ko`p shamollatilishi kerak;
  •   Har kun yakunida xonalar va yo`laklar dezinfeksiya vositalari qo`shilgan eritmalar bilan dezinfeksiyalanadi.  
  • ️Agar bolalarning barchasi belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilishsa virus yuklamasi kamayadi.  
  • Shuningdek, maktabda yoki uyga kelishi bilan imkon qadar tez-tez tomoq chayib turilsa – virus yuklamasi yanada kamayishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1