1

Bolalarga xato yozishni o`rgatayotgan o`quv-daftari savdo rastalaridan olib tashlandi

Jamiyat 03.09.2020, 15:32
Bolalarga xato yozishni o`rgatayotgan o`quv-daftari savdo rastalaridan olib tashlandi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumta`lim maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun 2019 yilda “Ijod-press” nashriyoti tomonidan tayyorlanib, “Dizayn-Print” MChJ matbaa korxonasida chop etilgan “Vesyole propisi” yozuv daftarida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan qizg`in bahs-munozaralar, turli tanqidiy fikrlar bildirilmoqda.

Haqiqatan ham, umumta`lim maktablari o`quvchilariga mo`ljallangan ushbu o`quv-daftarini nashr etish jarayonida “Ijod-press” nashriyoti muharrirlari va musahhihlari tomonidan jiddiy xatoga yo`l qo`yilgan. Ya`ni daftarning sarlavhasida “Vesyole propisi” so`zi “Vesyoly propisi” shaklida, ichki sahifasining 3-betida “begemot” so`zi “begemod” tarzida xato bilan nashr etilgan.

Qayd etish joizki, ushbu holatda nashriyot tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi qonunlari talablari buzilgan.

AOKA mas`ul xodimlari ushbu holat yuzasidan “Dizayn Print” MChJ matbaa korxonasi direktori Sherzod Hoshimov bilan bog`landi va holatga aniqlik kiritdi.  Ma`lum bo`lishicha, mazkur o`quv-daftari 2019 yil fevral oyida nashr etilib, sotuvga chiqarilgan, lekin o`quv-daftaridagi xato va kamchiliklar aniqlangach, iste`molchilarning huquq va qonuniy manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, o`quv-daftarining sotuvga chiqarilgan qismi to`liq qaytarib olingan. Bugungi kunda ushbu o`quv-daftari savdo rastalarida mavjud emas. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1