Ayni paytda Samarqand viloyatining Bo`stonsaroy va Rudakiy ko`chalari kesishmasida tonnel qurilmoqda. Mazkur ish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi qarori asosida olib borilmoqda. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu Samarqand shahrida er osti avtomobil yo`li qurishning 1-bosqichi hisoblanadi.
Keyingi bosqichda yana beshta hududda shunday bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.
Ulardan biri Mirzo Ulug`bek va Gagarin ko`chalari kesishmasida barpo etiladi. Shuningdek, Ibn Sino va Dahbed ko`chalari kesishmasida, Rudakiy va Gagarin ko`chalari kesishmasida, Sadriddin Ayniy hamda Termiz ko`chalari kesishmasida tonnellar qurilishi rejalashtirilgan.
M-37 avtomagistral avtoyo`lining 27 kilometri va 4R-46 avtoyo`li kesishmasida ham transport vositalari qatnovi yo`lga qo`yiladi.






