AsosiyJamiyat

Farg`onada “Tico” avtomashinasi ag`darilishi natijasida haydovchi halok bo`ldi

'Farg`onada “Tico” avtomashinasi ag`darilishi natijasida haydovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Quvasoy shahrida 29 avgust kuni fuqaro T.M. boshqaruvidagi “Tico” rusumli avtomashinasi Yangiyo`l ko`chasida ketayotganda yo`lni chiqib ketib, chap tomonga ag`darilgan.

Bu YTHga haydovchi avtomashinani boshqaruvini yo`qotib qo`yishi sabab bo`lgan. Hodisa oqibatida haydovchi T.M. shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz", deyiladi IIB xabarida.

    Boshqa yangiliklar