Sog`liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, 2020 yil 3 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 797 (+109) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 52 nafari Toshkent viloyatida, 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, yana 7 nafari Farg`ona viloyatida hamda 5 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 53 yoshli X.R. (erkak) vafot etdi.






