1

Konstitusiya va qonun ba`zilar uchun nomiga yozilgan, amal qilinmaydigan bir parcha qog`ozga aylantirilyapti — Rasul Kusherbaev

Jamiyat 04.09.2020, 09:23
Konstitusiya va qonun ba`zilar uchun nomiga yozilgan, amal qilinmaydigan bir parcha qog`ozga aylantirilyapti  — Rasul Kusherbaev

Deputat Rasul Kusherbaev  saylovchilar nega Konstitusiya asosidagi qonunlarimizga eng kerakli vaqtlarda amal qilinmaydi, degan savol bilan ko`p murojaat qilishadi deya post qoldirdi. Shuningdek, bu boradagi mulohazalri bilan ham o`rtoqlashdi.

Bugun bu savolga javob topilyapti. Chunki Konstitusiyaga amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak bo`lgan Konstitusiyaviy sudning o`zi ko`p vaqtdan buyon Konstitusiya asosidagi qonunga amal qilmay hammaga «yuksak namuna» bo`layotgan ekan. Ehh, mana qaerdan keladi qonunlarni mensimaslik.

Bu yoqda Konstitusiya qabul qilingan bayram sanasi yaqinlashib kelyapti, bu yoqda esa faxrimiz, g`ururimiz Konstitusiya va qonun ba`zilar uchun nomiga yozilgan, amal qilinmaydigan bir parcha qog`ozga aylantirilyapti. Xalq irodasi, davlatchilik ramzini oyoq osti qilishga kimning qanchalik haqqi bor?

Buni Konstitusiyaviy sud bilsa kerak. Va shu bilan xalqni qaysi kunida yarab yonida turganini ham biladi.

Aytgancha, bu fikrlarni men oddiy qog`oz parchasi emas, men uchun haqiqiy ishonch va suyanch hisoblangan Konstitusiya va qonunlarda berilgan huquqimdan foydalanib aytyapman, 

-fikrlarini yakunlagan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1