AsosiyJinoyat

Farg`onada jarima maydonchasidan motosikl o`g`irlandi

'Farg`onada jarima maydonchasidan motosikl o`g`irlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida 2 sentyabr kuni ajabtovur o`g`irlik sodir bo`ldi. Ya`ni jarima maydonchasiga joylashtirilgan motosiklni o`g`ri urib ketdi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatiga tayanib iiv.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha O`zbekiston tumanining Jangir qishlog`ida joylashgan jarimalar maydonchasidan soat ertalabki 4.00 da  S.J. ismli fuqaro Q.A.ga tegishli bo`lgan davlat raqamsiz “Yava” rusumli motosiklni olib qochgan. U motosiklni Qo`qon–Yaypan yo`lida etaklab borayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan O`zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to`xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo`zg`atilib, aybdorga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar