AsosiyJinoyat

Qashqadaryo biofaol qo`shimchalaring noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Qashqadaryo biofaol qo`shimchalaring noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Sifati kafolatlanmagan biofaol qo`shimchalarning yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi  xodimlari fuqaro M.A. boshqaruvidagi “Neksiya 3” rusumli avtomashinani belgilangan tartibda ko`zdan kechirishdi. Bu haqda bizga Bojxona qo`mitasi xabar berdi. 

Natijada, avtomashina ichida sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 100,3 million so`mlik 601 dona xorijda ishlab chiqarilgan “SamyunWan” nomli biofaol qo`shimchalar borligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar