AsosiyJinoyat

Farg`onada 5 000 AQSh dollari evaziga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Farg`onada 5 000 AQSh dollari evaziga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tumani bo`limi va IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan.

 Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`ining ma`lum qilishicha, unda fuqaro Sh.T. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro N.U.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo`qon Davlat pedagogika institutiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar