AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining ayrim tumanlari er maydonlari hisobiga poytaxtda yana bir tuman tashkil etiladi

'Toshkent viloyatining ayrim tumanlari er maydonlari hisobiga poytaxtda yana bir tuman tashkil etiladi'ning rasmi

Bugun, 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Yangihayot tumanini tashkil etish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi. 

O`zgarishlarga ko`ra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, ya`ni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyo`l tumanidan 264,4 gektar va O`rtachirchiq tumanidan 1 403,3 gektar er maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o`tkaziladi.

Quyi palata axborot xizmati xabar berishicha, yangi tuman Toshkent shahri tarkibida bo`ladi. Deputatlar, shuningdek, Toshkent viloyatining  Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo`l va O`rtachirchiq tumanlari, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlari hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari o`zgartirilishi masalasini ham ko`rib chiqdi. 

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 may kuni Toshkent shahri Sergeli tumaniga tashrifi davomida Yangihayot tumanini tashkil etish topshirig`ini bergan edi.

Bundan avval, Namangan viloyatida yangi — Davlatobod tumani tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.  

    Boshqa yangiliklar