Samarqandda 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A., ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog`i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo`rqitib, F.A.,dan 2.200 AQSh dollarni tovlamachilik yo`li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Joriy yilning 04 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N., tanishi F.A., dan 2.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha S.N., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






