1

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 10.09.2020, 14:17
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Yurtimizda pandemiya sabab dori va dori vositalariga bo`lgan ehtiyoj oshgan bir paytda noqonuniy daromad olish ilinjida bo`lgan fuqarolar, afsuski hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda dori vositalaring noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda qo`mita Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tezkor tadbir davomida, “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi fuqaro M.P. xorijda ishlab chiqarilgan va respublika hududiga olib kelinganligini tasdiqlovchi xujjatlari bo`lmagan, qiymati 60 million so`mlik 10 dona “Aktemra 20mg/20ml” nomli dori vositalarini 2150 AQSh dollari evaziga “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olindi.

Shuningdek, yana bir holatda Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.A. xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo`lmagan, qiymati 41,7 million so`mlik 694 dona “Kleksan 4000” nomli dori vositalarini 3850 AQSh dollari evaziga “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. 

“S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Qo`shni davlatdan kirib kelgan, fuqaro S.I. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz 2541” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, avtoulov kabinasida yo`l yuk-kuzatuv hujjatlarida hamda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, horijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 10  million so`mlik, 40 quti “Lianhua Qingwen Jiaonang” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1