AsosiyJinoyat

Navoiyda qo`shnisini ketmon bilan urib o`ldirgan shaxsga hukm o`qildi

'Navoiyda qo`shnisini ketmon bilan urib o`ldirgan shaxsga hukm o`qildi'ning rasmi

2020 yil 24 avgust kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida qo`shnisini ketmon bilan urib o`ldirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko`ra, 1985 yilda to`g`ilgan Quchqorov Rayim (shaxsi o`zgartirilgan) 2020 yil 30 aprel kuni soat 15:00larda Xatirchi tumani “XXX” mahalla fuqarolar yig`inidagi uyining xonasida, xona derazasini ochib qo`yib, dam olib yotganida, uyini yonidan aholi foydalanishi uchun o`tkazilgan ariq bo`ylab tomorqasini sug`orish uchun qo`lida ketmon bilan o`tib ketayotgan qo`shnisi N.Mirzaevni, (shaxsi o`zgartirilgan) ariq bo`yiga ular tomonidan odamni haratlanishiga xalaqit beradigan jonli devor (jivoy izgorod) o`simligi ekilganidan norozi bo`lib, qo`shnilar sha`niga haqoratli so`zlarni aytib kelayotganligini eshitib, yotgan joyidan turib, uyning orqa tomoniga chiqib, ariq bo`ylab ketayotgan N.Mirzaevni to`xtatib, nima sababdan oilasini haqorat qilayotganligini aytib, u bilan o`zaro janjallashgan.  

Shunda N.Mirzaev ariq aholi foydalanishi uchun o`tkazilganligini, uning atrofiga ekilgan jonli devor o`simligini olib tashlashni bir necha marta aytgan bo`lsa-da, olib tashlamaganligini aytib, R.Quchqorov bilan tortishib, uni ariqqa itarib tushirib yuborgan vaqtida, R.Quchqorov bundan g`azablanib, N.Mirzaevning qo`lidagi ketmonni tortib olib, uni qasddan o`ldirish maqsadida ketmonning tig` tomoni bilan N.Mirzaevning hayoti uchun muhim bo`lgan bosh sohasiga bir marta zarb bilan qasddan urishi natijasida N.Mirzaevga Sud-tibbiyot ekspertizasining 13.05.2020 yilgi 23-sonli xulosasiga ko`ra hayoti uchun havfli bo`lgan og`ir tan jaroxati etkazib, voqea joyida vafot etishiga sababchi bo`lgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 13.05.2020 yilgi 23-sonli xulosasida N.Mirzaevning o`limiga bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbaz suyagining sinishi hamda miya to`qimasining ezilib, og`ir darajali lat eyishi, bosh miya to`qimasiga, pardalari ostiga va qorinchalariga qon quyilishi kabi hayoti uchun havfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Sud, R.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga qisman iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib 11 (o`n bir) yilga muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zayniddin Hamdamov,

Jinoyat ishlari bo`yicha Xatirchi tuman sudi sudya yordamchisi

    Boshqa yangiliklar