AsosiyJamiyat

FVV koronavirusdan o`ldi degan ikki xodimning birida va xivalik shifokorda infeksiya tasdiqlanmagan — SSV

'FVV koronavirusdan o`ldi degan ikki xodimning birida va xivalik shifokorda infeksiya tasdiqlanmagan — SSV'ning rasmi

Sal avval Qo`ng`irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i podpolkovnik Akimov Kuanishbay Mirzabaevich hamda Qo`shko`pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i mayor Jabbarov Doniyor Raximovichlarning koronavirusdan vafot etgani aytilgan edi. 

Ayni paytda SSV ulardan birining koronaivrusdan vafot etganini rad etdi.

"Qo`shko`pir tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i mayor D.J. 12 sentyabr kuni koronavirus asoratlari tufayli vafot etgani o`z isbotini topmadi.  

Koronavirusdan gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan marhum bemordan  10 sentyabr kuni olingan maxsus laboratoriya natijalariga ko`ra, unda  koronavirusni keltirib chiqaruvchi “SARS CoV-2” virusi aniqlanmagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusdan vafot etgani aytilgan xivalik shifokor B.Q.ning Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi ma`lumotlariga ko`ra, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan.  

27 avgust kasalxonaga yotqizilgan bemorda birlamchi tekshiruv jarayonida maxsus laboratoriya tekshiruvida ham, keyingi tashxislarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bemorning o`limdan keyingi tashxisi natijalariga ko`ra, bemorning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo`lganini ko`rish mumkin", deyiladi Xorazm viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi ma`lumotlari asosida taqdim etilgan SSV xabarida. 

    Boshqa yangiliklar