“Paxta hosili terimini mexanizasiyalashni moliyaviy qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4828, 15.09.2020 y).
💰Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`larining “Agrobank”ning ustav kapitalidagi ulushi 50 mln AQSh dollariga oshiriladi.
➡️ Ushbu mablag`lar paxta-to`qimachilik klasterlariga va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga mahalliy paxta terish mashinalarini sotib olishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratish uchun yo`naltiriladi.
🧾 Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hududlardagi paxta terish mashinalariga talabgorlarning aniq ro`yxatini shakllantiradi.