1

O`zbekistonda koronavirusdan bolalarning ilk qurboni: Bo`stonliqda 11 yoshli o`g`il bola vafot etdi

Jamiyat 18.09.2020, 08:50
O`zbekistonda koronavirusdan bolalarning ilk qurboni: Bo`stonliqda 11 yoshli o`g`il bola vafot etdi

SSV 2020 yil 17 sentyabr kungi holat bo`yicha O`zbekistondagi so`nggi statistikani e`lon qildi. Unga ko`ra, Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Bo`stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (o`g`il bola), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, hozirda mamlakatimizda 3 254 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, koronavirusga uchragan bolalarda "kavasaki sindromi" xastaligi paydo bo`laishi mumkinligi aytilgandi. Avvalroq, O`zbekistonda bir nafar bola “Kavasaki sindromi”ga gumon qilingani ma`lum qilingan edi. 

Mavzuga doir:

Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo`layotgani holatlariga aniqlik kiritildi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1