AsosiyJinoyat

Er xotinini tosh bilan urib o`ldirdi

'Er xotinini tosh bilan urib o`ldirdi'ning rasmi

Jizzax viloyati G`allaorol tumani Guliston qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug`ilgan Sh.R. sobiq rafiqasi, 1990 yilda tug`ilgan G.R. turar joyi darvozaxonasida 2010 yilda tug`ilgan qizi D.I.ning boshiga tosh bilan urayotganligini ko`rib qoldi.Bu haqda Jizzax IIB xabar bermoqda

Shunda erkak “Nega qizimning boshiga tosh bilan urayapsan”, deganida ayol qo`lidagi oshxona pichog`i bilan sobiq eriga tashlanadi.

O`z navbatida Sh.R. o`zini himoya qilib, shu erda yotgan tosh bo`lagi bilan ayolning boshiga bir marta tushirgan. Olingan jarohatdan ayol voqea joyida vafot etadi. O`limga bosh miya yopiq jarohati hamda bosh miyaga qon quyilishi sabab bo`lgan.

Xuddi shunday, marhuma tomonidan jarohat etkazilgan qiz shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ma`lumot o`rnida aytish kerak, vafot etgan ayol 2019 yilda sobiq erini uyida pichoqlagan. O`shanda voqea erkakning uzoq vaqt shifoxonada davolanishi va oilaning buzilishi bilan nihoyalangandi.

 
  

Boshqa yangiliklar