AsosiyJinoyat

Toshkentda tovlamachi ayol erkakni shaxsiy videosini tarqatish bilan qo`rqitib, undan pul undirmoqchi bo`ldi

'Toshkentda tovlamachi ayol erkakni shaxsiy videosini tarqatish bilan qo`rqitib, undan pul undirmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, Sergeli tumani ichki ishlar organlariga 31 yoshli Saydilla A. murojaat qilib, undan tovlamachilik yo`li bilan 300.000 so`m olmoqchi bo`lgan 36 yoshli E`zoza G.ga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.

Ayol erkak pul bermasa shaxsiy xarakterga ega videosini tarqatish bilan qo`rqitgan. 14 sentyabr kuni soat 17.30 da E`zoza pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo`lga olindi. 

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar