AsosiyJamiyat

Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz — Prezident

'Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz — Prezident'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 24 sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Yig`ilishda birinchi marta tuman va shaharlardagi iqtisodiy ko`rsatkichlar, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o`rganilgani qayd etildi.

Mavzuga doir: O`zbekiston hududlari birinchi marta o`rganildi: 48 ta tuman va shahardagi holat “yaxshi”, 119 tasi “o`rta”, 33 tasi esa “qoniqarsiz”

Mutasaddilarga “qoniqarsiz” deb baholangan tumanlarda muhandislik kommunikasiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorako`lchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va xizmatlarni kengaytirish bo`yicha topshiriqlar berildi.  

Yaxshi ko`rsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning o`rinbosarlari maoshiga 30 foiz ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz bo`lgan hududlar rahbarlariga jarima qo`llanishi aytib o`tildi.

– Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlamaydi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

“Qoniqarsiz” hamda “o`rta” deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Ya`ni, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

– Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz, – deya ta`kidladi Prezident.

    Boshqa yangiliklar