Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yilda korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning 42,1 % ayollar va 57,9 % ni erkaklar tashkil etgan.
Sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida eng ko`p ayollar (76,8 %) faoliyat yuritgan.
️2019 yilda tashish va saqlashda 92,8 % va qurilish sohasida 93,8 % erkaklar ishlagan.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, eng ko`p ishsizlar soniga ega bo`lgan hududlar:
- Farg`ona – 152,2 ming kishi
- Samarqand – 148,4 ming kishi
- Andijon – 129,4 ming kishi
- Qashqadaryo – 125,3 ming kishi
- Toshkent – 120,6 ming kishi
- Namangan – 110,1 ming kishi