AsosiyJamiyat

Qilmishidan to`g`ri xulosa chiqargan qarzdor sud jarayonida aliment qarzdorligini to`ladi

'Qilmishidan to`g`ri xulosa chiqargan qarzdor sud  jarayonida  aliment qarzdorligini to`ladi'ning rasmi

Byuroning Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 06.09.23019 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor Sh.Jalilovdan undiruvchi J.Aripbaeva foydasiga bir nafar farzandi ta`minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud. Mazkur ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 11.09.2019 yilda kelib tushgan.

  O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish qarori qabul qilingan. 

Ijro hujjatining ijrosini ta`minlash hamda qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilot va muassasalarga so`rovnomalar yuborilgan. Ijro harakatlari davomida bo`lim davlat ijrochisi I.Egamberdievning aliment hisoblash qaroriga ko`ra, qarzdor Sh.Jalilovning joriy yilning 01 sentyabr kuniga qadar qarzdorligi 5.435.318 so`mni tashkil etganligi hamda ushbu qarzdorlikni to`lab berish haqida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay bo`yin tovlab kelganligi sababli, 08.09.2020 yilda qarzdor Sh.Jalilovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474 -moddasida nazarda tutilgan javobgarlik masalasini ko`rib chiqishlik uchun Sergeli tuman ma`muriy sudiga yuborilgan. Sud jarayonida alimentchi ota qilmishidan xulosa chiqarib, vujudga kelgan aliment qarzdorligini bir nafar voyaga etmagan farzandi uchun to`liq to`lab berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar