O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning G`uzor tumani bo`limi tomonidan fuqaro A.M.ning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tadbirda G`uzor tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 43-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori O`.I shu maktabda o`qituvchi bo`lib ishlab kelayotgan A.M.ga dars soati qo`shib berish evaziga undan 200 AQSh dollari va 230 ming so`m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
O`.Iga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






