AsosiyJamiyat

15 ta avtobusdan iborat karvon 750 nafar fuqaroni O`zbekistonga olib keldi

'15 ta avtobusdan iborat karvon 750 nafar fuqaroni O`zbekistonga olib keldi'ning rasmi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to`planib qolgan fuqarolarimizni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga jo`natilgan edi.

Avtobuslar bugun O`zbekistonga kirib keldi. Rejaga muvofiq ularda 750 nafar fuqarolarimiz O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Yuz.uz ma`lum qildi.

Ayni damda repatriasion charter reyslarning soni bir necha marotabaga ko`paytirilib, Rossiyaning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temir yo`l qatnovlari ham tashkil etilmoqda.    

    Boshqa yangiliklar