O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg`armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarga Prezidentimizning bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg`alarini etkazish ishlari boshlab yuborildi.
Mehribonlik va Muruvvat uylari o`g`il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar uchun Prezident sovg`alari tayyorlanib, joylarga etkazilmoqda.
Sovg`alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.





