2016 yilning 1 yanvaridan O`zbekistonda benzin, dizel va transport vositalari uchun mo`ljallangan gaz yonilg`isi soliq stavkalari oshiriladi. Bu haqda norma.uz xabar beradi.
Prezident qaroriga muvofiq, benzin, dizel va transport vositalari uchun mo`ljallangan gaz yonilg`isi uchun soliq stavkasi 1 yanvardan 45 so`mga, suyultirilgan va siqilgan gaz uchun 30-35 so`mga oshiriladi.
Avtomobil yonilg`isining soliq stavkasi uning chakana narxi ichiga kiradi.