AsosiyDunyo

Bayrutda yana yirik portlash bo`ldi, qurbonlar bor (video)

'Bayrutda yana yirik portlash bo`ldi, qurbonlar bor (video)'ning rasmi

Bayrutda aholi zich joylashgan Tariq-al-Jadid mahallasidagi yoqilg`i-moylash materiallari omborxonasi portlab, to`rt kishining hayotiga zomin bo`ldi, deya xabar berdi Livan Qizil Xoch tashkiloti, deya yozmoqda ria.ru nashri.

Livanning Al-Jadid telekanali xabariga ko`ra, 50 dan ortiq odam jarohat olgan. Ombor joylashgan bino aholisining so`zlariga ko`ra, uning egasi dizel yoqilg`isini u erda elektr generatori uchun saqlagan.

 Boshqa manbalarga ko`ra, benzinli konservalar va mazutli idish bo`lgan. Mutaxassislar ushbu ma`lumotni tasdiqlashadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlash sodir bo`lgan edi. Undagi qurbonlari soni 190 nafarga etgani aytilgan. ShUndan so`ng, 10 sentyabr kuni ham avval portlash bo`lgan hududda yana katta yong`in chiqqandi. O`shanda Livan rasmiylari bayonot berib, bir oy avval Bayrut portida bo`lib o`tgan portlash ataylab uyushtirilgan harakatlar natijasi bo`lishi mumkinligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar