Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida paxta o`g`irlagan fermer IIB tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda Postda.uz xabar berdi. Manbaning ma`lum qilishicha, “Qulfisar” suv iste`molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo`jaligi rahbari boshqaruvidagi “Jiguli” avtomashinasi to`xtatib tekshirilganida avtoulov saloni va yukxonasida 200 kilogramm paxta xom ashyosi borligi ma`lum bo`ldi. Qulfisar mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan fermer O.N. paxtani sotish uchun olib ketayotganligini tan olgan. Xuddi shunday, mazkur tumandagi “Istiqlol” suv iste`molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo`jaligi ishchisi, 1973 yilda tug`ilgan Sh.B. dala maydoniga 200 kilogramm paxta xom ashyosini yashirib qo`yganligi aniqlandi. Sh.B. paxtani uyiga olib ketish uchun saqlayotganligini yashirmagan. Ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. | |
10.10.2020 19:13
Jizzaxda o`z eridan paxta o`g`irlagan fermer qo`lga olindi
