AsosiyJamiyat

Samarqanddagi ikkita ko`chaga O`ktam Barnoev va A`zamxon Bahromov nomi beriladi

'Samarqanddagi ikkita ko`chaga O`ktam Barnoev va A`zamxon Bahromov nomi beriladi'ning rasmi

Ayni paytda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o`n beshinchi sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Unda deputatlar tomonidan Samarqand shahridagi ikkita ko`chaga O`ktam Barnoev va A`zamxon Bahromov nomini berish taklif etildi, deya yozdi O`zA.

Ma`lumot uchun: A`zamxon Bahromov va O`ktam Barnoev turli yillarda Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan.

A.Bahromov 2017 yildan buyon Kattaqo`rg`on tumani hokimi edi va u 18 oktyabr kuni 60 yoshida vafot etdi.

O`ktam Barnoev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi va u 20 sentyabr kuni koronavirus asoratlari sabab 56 yoshida vafot etdi

    Boshqa yangiliklar