AsosiyJamiyat

M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda

'M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda'ning rasmi

M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda.Bu haqda Viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Samarqand tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining baydarka va kanoeda eshkak eshish(Gribnoy) kanali oldida ko`prik qurilayotganligi sababli yo`l vaqtincha yopilgan. Haydovchilar harakatlanishi uchun yo`lning yon tarafidan qo`shimcha yo`l qurilgan, hozirda harakat aylanma yo`l orqali amalga oshirilmoqda. 

Aylanma yo`lda harakatlanish paytida haydovchilarga qulay bo`lishi va harakat xavfsizligini ta`minlash uchun yo`lning o`rtasiga himoya to`siqlari o`rnatilgan. 

Haydovchilardan yo`lning ushbu qismida hushyor bo`lib, tezlikni oshirmasdan harakatlanishlarini so`rab qolamiz.

 

Boshqa yangiliklar