Namangan viloyatida fuqaroning o`zi va oila a`zolarini Umra safariga yuborishni va`da qilgan aviakassa xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda IIV. Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 15 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko`ra, 2020 yil fevral oyida Namangan shahridagi aviakassalardan birida ishlovchi shaxs arizachining ishonchiga kirib, o`zini, ota-onasini hamda turmush o`rtog`ini Umra safariga yuborishini aytgan. Shu sabab aviakassa xodimi fuqarodan 12 950 AQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligi ma`lum qilingan. Hozirda ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. | |
02.11.2020 21:55
Namanganda Umra safariga jo`natishni va`da qilgan fuqaroga jinoiy ish qo`zg`atildi
