Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 19 oktyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektori serjant S.B. viloyat IIB YHXB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda V.S. ismli shaxsning o`z boshqaruvida bo`lgan “VAZ-21011” rusumli avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish hamda “Avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi”da ko`rsatilgan dvigatel raqami bilan avtomashina dvigatelidagi zavod raqamlari mos ekanligi haqida ma`lumotnoma yozib berishi evaziga 400.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Serjant S.B.ning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro V.S. serjant S.B.ning xizmat xonasiga kelib, 400.000 so`m pullarni pora sifatida bergan vaqtida ushlangan va ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda V.S.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. | |
08.11.2020 13:12