AsosiyDunyo

Bahraynga 50 yildan beri Bosh Vazirilik qilib kelayotgan Xalifa bin Salmon al-Xalifa vafot etdi

'Bahraynga 50 yildan beri Bosh Vazirilik qilib kelayotgan Xalifa bin Salmon al-Xalifa vafot etdi'ning rasmi

Bahrayn Bosh Vaziri shahzoda Xalifa bin Salmon al-Xalifa 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda qirol saroyi chorshanba kuni tvitterdagi sahifasida e`lon qilgani haqida ma`lum qildi tarjumon.uz.

Bahrayn axborot agentligiga ko`ra, shahzoda Xalifa AQShning Mayo kasalxonasida davolanayotganda jon bergan. Ammo, uning aynan qaysi kasallikka chalingani oshkor qilinmadi.

Shahzoda Xalifaning dafn marosimi u Bahraynga olib kelingach bo`lib o`tadi. Koronavirus tarqalishning oldini olish uchun dafn marosimida marhumning oz sonli qarindoshlarigina qatnashadilar. Bahrayn qiroli mamlakatda payshanbadan boshlab bir haftalik motam bo`lishi haqida buyruq bergan. Shuningdek, 12 noyabrdan barcha davlat muassasalari uch kunlik tanaffusga chiqadi.

Shahzoda Halifa dunyodagi eng uzoq muddat Bosh Vazir lavozimida faoliyat olib borgan shaxs hisoblanadi. U 1935 yilda tug`ilgan. 1970 yilda esa Bahrayn Bosh Vaziriga aylangan. Xalifa bundan avval Bahrayn Davlat kengashining va Oliy mudofaa kengashining rahbari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar